IELTS Registration Centre | GRBS

  • ANNOUNCEMENT of IELTS for UKVI​
  • IELTS TEST for UK Visas and Immigration

Buyuk Britaniyaga viza olish uchun til testlarini tashkil etishning yangi tartibi: IELTS etakchi o‘rnini saqlab qolmoqda..

– Buyuk Britaniya hukumati vizalarni olish uchun zarur bo‘lgan ingliz tilini egallash darajasini aniqlashga oid testlarga (SELT) muhim o‘zgartirishlar kiritilishi haqida e’lon qildi.

– Olinishi uchun ingliz tilining ma’lum darajasini egallashni tasdiqlashni talab qilingan Buyuk Britaniya vizalari turlari uchun IELTS va IELTS Life Skills (amaliy ko‘nikmalar) testlari tasdiqlangan.

– Umumevropa til bilish standartlari tizimi bo‘yicha A1 yoki B1 darajasidagi tinglash va gapirish ko‘nikmalari borligini isbotlashi zarur bo‘lgan shaxslar uchun yangi IELTS Life Skills  testi kiritiladi.

Buyuk Britaniya hukumati vizalarni olish uchun zarur bo‘lgan testlarga muhim o‘zgartirishlar kiritilishi haqida e’lon qildi: viza olish uchun zarur bo‘lgan testlar turlari soni qisqartirildi, hamda testlarni o‘tkazish va nazorat qilish tartibiga yangi talablar kiritildi.

IELTS – ta’lim olish va xalqaro migratsiya sohasida eng talabgor bo‘lgan, ingliz tili bo‘yicha jahonda eng ommaviy test bo‘lib, nomzodlardan ularning ingliz tilini egallashni isbotlashini talab etuvchi barcha Buyuk Britaniya vizalari turlari uchun tasdiqlangan. Bu esa IELTS avvalgidek Buyuk Britaniyaga va boshqa davlatlarga, jumladan  Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiyaga immigratsiya istagida bo‘lganlar uchun til bo‘yicha test o‘tkazishda muhim o‘rin tutishidan dalolat beradi.

Buyuk Britaniya vizalarini olish uchun IELTS testlari, testdan o‘tkazishni tashkil etishning yangi tartibiga ko‘ra, yil davomida butun jahon bo‘ylab 100 dan ortiq asosiy testdan o‘tkazish joylarida o‘tadi, bunda Umumevropa til bilish standartlari tizimi (CEFR) bo‘yicha A1 yoki B1 darajasidagi tinglash va gapirish ko‘nikmalari borligini isbotlashi zarur bo‘lgan shaxslar uchun yangi IELTS Life Skills  testi kiritiladi.

Vizalarni olish uchun IELTS testlarini faqat Buyuk Britaniya hukumati tomonidan belgilangan amallarga rioya qilishi shart bo‘lgan akkreditatsiyalangan markazlarda topshirilishi mumkin. Testdan o‘tish uchun ro‘yxatdan o‘tganidan keyin mijoz testnitopshirish maqsadini ko‘rsatishi, va ushbu markaz haqiqatan tegishli testlarni o‘tkazish huquqini beruvchi akkreditatsiyaga ega bo‘lganligiga ishonch hosil qilishi kerak. IELTS testini o‘tkazish uchun akkreditatsiyalangan markazlarning ro‘yxti yaqin orada www.ieltsessentials.com/uk saytida paydo bo‘ladi.

Buyuk Britaniya Immigratsion xizmati uchun IELTS testlari IELTSSELT konsortsiumi tomonidan o‘tkaziladi, unga Britaniya kengashi (BritishCouncil), IDP: IELTS Australia tashkiloti va Cambridge English Language Assessment bo‘limi kiradi.

Britaniya kengashi, IDP: IELTS Australia tashkiloti va Cambridge English Language Assessment bo‘limi IELTS ga birgalikda egalik qiladi. U o‘zining 25-yillik tarixi davomida immigratsiya istagida bo‘lganlar uchun til bo‘yicha testdan o‘tkazishda asosiy o‘rin tutadi, va butun jahon bo‘ylab 9 000 dan ortiq tashkilotlar, shu jumladan universitetlar va ish beruvchilar, hamda kasbiy tashkilotlar, immigratsion xizmatlar va boshqa hukumat muassasalari tomonidan tan olinadi. 2014 yilda 140 dan ortiq davlatlarda 2,5 milliondan ortiq IELTS testlari o‘tkazilgan.

Buyuk Britaniya Immigratsion xizmatining (UKVI) e’lonlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun www.gov.uk saytiga qarang

2015 yil 20 fevral kuni Buyuk Britaniya hukumati viza maqsadlari uchun til bo‘yicha testga - Secure English Language Tests (SELT) muhim o‘zgartirishlarni kiritgan.

Agar siz Buyuk Britaniyada yashash yoki u erga ko‘chish uchun viza olish uchun ariza bersangiz, siz Buyuk Britaniya viza va immigratsiya xizmatiga (UKVI) kiritilgan o‘zgartirishlar haqida bilishingiz lozim.

Qanday o‘zgartirishlar bo‘ldi?
Agar siz Buyuk Britaniyaga ko‘chish yoki yashashni istasangiz, IELTS testi – siz uchun.

Umumevropa til bilish standartlari tizimi bo‘yicha (CEFR) A1 yoki B1 darajasidagi tinglash va gapirish ko‘nikmalari borligini isbotlashi zarur bo‘lgan shaxslar uchun yangi IELTS Life Skills  testi kiritiladi. Bu gapirish va tinglash ko‘nikmalarini qamrab oluvchi yagona test bo‘ladi.

Buyuk Britaniyaga viza va immigratsiya haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun, iltimos Buyuk Britaniyada viza uchun ariza berish qo‘llanmasi: ingliz tili bo‘yicha tasdiqlangan testlar ga qarang

Bu o‘zgarishlar qachon amalga oshiriladi?

Buyuk Britaniya hukumati siyosatidagi o‘zgarishlar 2015 yil 6 apreldan boshlab kuchga kiradi. 2015 yil 5 aprelgacha siz jahonning istagan joyida IELTS testini topshirishingiz mumkin, va natijasini UKVI ga arizangiz bilan birga 2015 yil 5 noyabrgacha berishingiz mumkin. 

IELTS testlari Buyuk Britaniyaga vizalar va immigratsiya uchun ma’qullangan

IELTS Academic ва IELTS General Training
Siz topshiradigan IELTS testlari, va talab etiladigan ballar ham sizning vizaga oid talabingizga, ham/yoki siz o‘qish yoki ishlashni rejalashtirgan muassasaning talablariga bog‘liq bo‘ladi.

IELTS Academic

IELTS Academic oliy ma’lumotning akademik ta’lim olish muhiti uchun zarur bo‘lgan ingliz tilini bilish darajasini o‘lchaydi. Topshiriqlar va matnlar sizning mavzu yo‘nalishingizdan qat’i nazar, istalgan kishi uchun to‘g‘ri keladi.

Akademik format, keng ma’noda, ingliz tilida dars beriladigan universitetda bakalavriat yoki magistratura darajasida, yoki oliy va ikkinchi oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni istaganlar uchun mo‘ljallangan. Ko‘p kasblar (masalan, tibbiyot, kasallar parvarishi, buxgalterlik hisobi, injiniring) ham ko‘p davlatlarda ro‘yxatdan o‘tish uchun akademik darajada testdan o‘tish natijalarini talab qiladi.

IELTS General Training

IELTS General Training amaliy darajada, kundalik kontekstda ingliz tilini bilish darajasini o‘lchaydi. Topshiriqlar va matnlar ham ish joyini, ham ijtimoiy vaziyatlarni aks ettiradi. Testning standart versiyasi odatda ingliz tilida gaplashiladigan davlatlarga o‘rta ma’lumotni olish, ish tajribasiga yoki o‘qish dasturlariga ega bo‘lish uchun bormoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Testning ushbu versiyasi shuningdek, agar siz ingliz tili ishlatiladigan davlatlarga, jumladan, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada va Yangi Zelandiyaga migratsiya qilmoqchi bo‘lsangiz, ko‘pincha viza olish uchun talab etiladi.

Agar siz Buyuk Britaniyaga viza olish uchun ariza bo‘yicha IELTS Academic yoki IELTS General Training testlaridan o‘tsangiz, siz bu test UKVI tomonidan ma’qullangan testdan o‘tish markazida topshirilganligiga ishonch hosil qilishingiz lozim. Buyuk Britaniyaga va boshqa davlatlarga viza olish uchun ariza bo‘yicha IELTS Academic yoki IELTS General Training testlari bir xil – mazmuni, testdan o‘tkazuvchilar, test formati, murakkabligi darajasi, baholanishi va hokazolar bir xil bo‘ladi.

IELTS Life Skills
IELTS Life Skills - CEFR ning A1 va B1 darajasida bo‘lgan gapirish va tinglash testidir. U vizalaning ma’lum toifalari va boshqa immigratsiya maqsadlari uchun Britaniya vizalari va immigratsiya talablarini qondirish uchun mo‘ljallangan.

IELTS Life Skills haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun, iltimos, страницу Life Skills ga qarang.

Buyuk Britaniyaga viza va immigratsiya uchun  ingliz tili bdo‘yicha talablarga muvofiqligini tekshirish qat’iy tavsiya etiladi.

Buyuk Britaniyaga viza uchun ariza berish uchun IELTS testi va bahosi talab etiladi
E’tibor bering, agar sizga Buyuk Britaniyaga viza uchun ariza berish uchun IELTS testi zarur bo‘lsa, siz uni faqat UKVI tomonidan ma’qullangan IELTS testdan o‘tkazish markazida topshirishingiz mumkin.     UKVI ning sertifikatlangan testdan o‘tkazish markazidir, biz Buyuk Britaniyaga viza olish uchun ariza berish uchun barcha tasdiqlangan IELTS testlarini taklif etamiz. Test uchun ro‘yxatdan o‘tish uchun, iltimos, Test Date page ga qarang. 

Siz test uchun ro‘yatdan o‘tishiggizdan avval sizga Buyuk Britaniya vizalar va immigratsiya xizmati (UKVI) orqali siz ariza berish uchun topshirishingiz zarur bo‘lgan testni tekshirishni qat’iy tavsiya etamiz. Iltimos, ko‘proq ma’lumot olish uchun Buyuk Britaniyada viza uchun ariza berish qo‘llanmasi: ingliz tili bo‘yicha tasdiqlangan testlar ga qarang.

Qo‘llanma sifatida quyidagi jadvaldan foydalanishingiz mumkin:

Viza ta’rifi (faqat Buyuk Britaniya uchun)

CEFR darajasi talab etiladi

Ko‘nikmalar

IELTS testi va baholash talab etiladi

1 darajali viza (umumiy)

C1

O‘qish, Yozish Gapirish va Tinglash

IELTS - 7.0 umumiy ball, va to‘rtta ko‘nikmaning har biri uchun ball

1 darajali viza (Favqulodda iste’dod)

B1

O‘qish, Yozish Gapirish va Tinglash

IELTS - 4.0 umumiy ball, va to‘rtta ko‘nikmaning har biri uchun ball

1 darajali viza (tadbirkor)

B1

O‘qish, Yozish Gapirish va Tinglash

IELTS - 4.0 umumiy ball, va to‘rtta ko‘nikmaning har biri uchun ball

1 darajali viza (uquvli tadbirkor)

B1

O‘qish, Yozish Gapirish va Tinglash

IELTS - 4.0 umumiy ball, va to‘rtta ko‘nikmaning har biri uchun ball

2 darajali viza (umumiy)

B1

O‘qish, Yozish Gapirish va Tinglash

IELTS - 4.0 umumiy ball, va to‘rtta ko‘nikmaning har biri uchun ball

2 darajali viza (Sportchi)

A1

O‘qish, Yozish Gapirish va Tinglash

IELTS - 4.01 umumiy ball, va to‘rtta ko‘nikmaning har biri uchun ball

2 darajali viza (din xodimi)

B2

O‘qish, Yozish Gapirish va Tinglash

IELTS - 5.5 umumiy ball, va to‘rtta ko‘nikmaning har biri uchun ball

4 darajali talaba vizasi (umumiy) – ta’lim darajasidan past (иiltimos, 4 darajali talaba vizasi haqida muhim izohni o‘qing)

B1

O‘qish, Yozish Gapirish va Tinglash

IELTS - 4.03 umumiy ball, va to‘rtta ko‘nikmaning har biri uchun ball

4 darajali talaba vizasi (umumiy) - ta’lim darajasi va undan yuqori (iltimos, 4 darajali talaba vizasi haqida muhim izohni o‘qing)

B2

O‘qish, Yozish Gapirish va Tinglash

IELTS - 5.53 umumiy ball, va to‘rtta ko‘nikmaning har biri uchun ball

Oilaviy ko‘chib keluvchilar vizasi

A1 

Gapirish va Tinglash

IELTS Life Skills A1 darajasida - o‘tdi

Muddatsiz yashash uchun ruxsat (tartibga solish uchun) yoki fuqarolik olish 2

B1

Gapirish va Tinglash

IELTS Life Skills B1 darajasida - o‘tdi

  1. UKVI tomonidan IELTS 4,0 va undan ortiq ball bilan qabul qilinadi, bu CEFR B1. darajasiga ekvivalent bo‘ladi
  2. UKVI ushbu immigratsiya toifasi uchun SELT ro‘yxatidagi testni ili Ofqual tomonidan nazorat qilinadigan testni qabul qiladi. Test B1 darajasida Gapirish va Tinglashni qamrab olishi lozim.
  3. Yuqorida TIER 4 toifalari uchun belgilangan ballar, UKVI talabi hisoblanadi.  Universitetlar va kollejlar uchun siz ariza beradigan kurs bo‘yicha yuqoriroq ball talab etilishi mumkin. Iltimos, ularda sizning kursingiz uchun ball bo‘yicha talablarni aniqlang.

E’tibor bering, ushbu o‘zgarishlar Buyuk Britaniyaning ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanganidek,  Evropa Ittifoqi, Evropa iqtisodiy maydoni, Shveytsariya va «ingliz tili ishlatiladigan davlatlaning ko‘pchiligi» dan bo‘lgan shaxslarning IELTS dan foydalanishiga ta’sir etmaydi (https://www.gov.uk/english-language).

4 darajali talaba vizasi uchun muhim izoh

Ushbu vizalar bo‘yia yaqindagi o‘zgarish 4 darajali talaba vizasi uchun amal qilmaydi. Yuqori malakali sponsorga (HTS) bakalavr darajasi yoki aspiranturada o‘qish uchun 4 darajali talaba vizasini olish uchun ariza beruvchilar, ushbu massasa belgilaydigan ingliz tili darajasiga ega bo‘lishi lozim. Buyuk Britaniyadagi barcha universitetlar va kollejlar IELTS natijalarini qabul qiladi. Bu esa, agar muassasangiz sizdan buni talab qilmasa, siz UKVI ning ushbu shartlariga muvofiq IELTS testini topshirishingiz shart emasligini bildiradi.

Iltimos, o‘qishga kirish uchun ariza berayotgan muassasangizda ularning kirishga oid talablarini aniqlab oling. Qarang:

Ishonchli sponsor maqomiga ega bo‘lgan Britaniya universitetlari va kollejlarining rasmiy ro‘yxati

Scroll to Top