IELTS Registration Centre | GRBS

  • Test natijalari

Test natijalari telefon yoki faks / elektron pochta orqali e’lon qilinmaydi. O‘z natijalarini shaxsan bilmoqchi bo‘lgan nomzodlar ariza berish paytida markaz bilan maslahatdlashishi lozim. Test natijalarini bilish uchun shaxsan murojaat qilganda, nomzodlar o‘zi bilan pasportni olib kelishi lozim.

Ballar Test Report Form (Testning hisobot shakli) rasmiy shaklida yozib olinadi, u Listening (Tinglash), Reading (O‘qish), Writing (Yozish) va Speaking (Gapirish) bo‘yicha ko‘rsatkichlar bilan birga, jamlangan ko‘nikmalarni ko‘rsatadi. Baholash to‘liq tilni boshqarish ko‘nikmalari bilan Non-user dan Expert user gacha bo‘lgan to‘qqiz balli shkala bo‘yicha amalga oshiriladi.

Turli oliygohlar o‘qishga kirish uchun o‘z talablariga ega bo‘ladi, va ma’lum modullar bo‘yicha o‘zi belgilagan minimal ball ko‘rsatkichlarini talab qilishi mumkin. Odatda universitetlar talab qilgan umumiy ball, akademik ta’lim kursiga kirish uchun akademik ta’lim modulida 6.0 yoki 6.5 ballni tashkil etadi. Siz o‘qish uchun  ariza berayotgan o‘quv muassasasasida talab etiladigan ball ko‘rsatkichini tekshirib olishingiz lozim.

Siz test uchun ro‘yxatdan o‘tish paytida sizning test natijalaringizning 5 tagacha qo‘shimcha nusxalarini olish uchun ariza berishingiz mumkin. Qo‘shimcha Test Hisobot shakllari nomzodlaning o‘ziga emas, ushbu shaklni talab etuvchi akademik ta’lim institutlariga / hukumat tashkilotlariga / kasbiy tashkilotlarga / ish beruvchilarga yuboriladi.

Testdan o‘tishdan keyin siz testni topshirishingizni boshqargan markazga, testni topshirganingizdan keyin ikki yil mobaynida Test Hisobot shakllari qo‘shimcha nusxasi uchun murojaat qilishingiz mumkin.

Test natijalaringizga qarang.

Scroll to Top