IELTS Registration Centre | GRBS

  • IELTS ga tayyorlanish

Sizga IELTS testiga tayyorlanishga yordam bera oladigan ko‘p materiallar mavjud.

Avval Nomzodlar uchun ma’lumot (PDF, 935KB) ni bepul yuklab oling, unda siz uchun test bo‘yicha izohlar berilgan.

IELTS ning rasmiy amaliy materiallari
IELTS da sizga test formatini va savollar turlarini tushunishga yordam berish uchun mo‘ljallangan rasmiy amaliy materiallar mavjud. IELTS ning Rasmiy amaliy materiallarining 2 ta nashri bor:

  • Vol. 1 Official IELTS Practice Materials (с CD)            
  • Vol. 2 Official IELTS Practice Materials (с DVD)

Ikkala amaliy materiallar nashrida Reading, Listening, Writing va Speaking (O‘qish, Yozish, Tinglash va Gapirish) modullariga misollar, test javoblari va imtihon oluvchining sharhlari berilgan. Birinchi nashrdagi CD da Listening - o‘qish testiga misollarni keltiradi, ikkinchi nashrida DVD – nomzodlarga Speaking – gapirish testini topshirish qoidalarini ko‘rsatadi.

IELTS ning Rasmiy amaliy materiallarining birinchi va ikkinchi nashri IELTS hamkorlari tomonidan ma’qullangan yagona amaliy materiallardir. Siz IELTS ning Rasmiy amaliy materiallarini uchta usul bilan buyurtirishingiz mumkin:

Online sinov uchun savollar
Siz ba’zi sinov savollarini online bepul o‘tishingiz mumkin. Bu sinov savollari sizga Reading -o‘qish, Writing-yozish va Speaking-gapirish modullari haqida taxminiy tasavvur beradi.

IELTS bo‘yicha tayyorlov kurslari
GRBS tayyorlov dasturlarini amalga oshiradi, ular a’lo samara beradi, chunki biz:

  • Kundalik vaziyatlarda amaliy til ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor beramiz;
  • Bir vaqtning o‘zida o‘qish, yozish, gapirish va tinglash ko‘nikmalarini imtihonda zarur bo‘ladigan darajada rivojlantiramiz;
  • Imtihon topshirish texnikasini o‘rgatamiz;
  • Avvalgi imtihonlar materiallaridan foydalanib, imtihon topshirish bo‘yicha doimiy mashqlar o‘tkazamiz;
  • Sinov uchun imtihonlarni tashkil etamiz;
  • Individual maslahatlarni tashkil etamiz.

Bizning tayyorlov kurslarimiz haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun shu erga qarang.

Scroll to Top