IELTS Registration Centre | GRBS

  • Ma’lumotlar maxfiyligi siyosati

MAʹLUMOTLAR MAXFIYLIGI SIYOSATI
Ushbu shaxsiy ma’lumot mahfiyligi siyosati (bundan keyin - Maxfiylik siyosati) https://ielts-exam.uz domen nomi bilan (bundan keyin - Sayt) joylashgan IELTS (Academic / General Training) testiga ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha barcha ma’lumotlarga nisbatan amalga oshiriladi, “GRBS Professional Education” MCHJ (bundan keyin - Saytinig ma’muriyati) sayt, dasturlar va mahsulotlar bilan ishlayotgan Foydalanuvchilar to‘g‘risida ma’lumotlarni olishi mumkin.

1. ATAMALARNING TAʹRIFI
1.1. Ushbu shaxsiy ma’lumot mahfiyligi siyosatida quyidagi atamalar ishlatiladi:
1.1.1. “https://ielts-exam.uz (bundan keyin - Sayt)” – British Council tashkil qilayotgan IELTS (Academic / General training) testiga ro‘uyxatdan o‘tish tizimi.
1.1.2. “Sayt ma’muriyati (bundan keyin - Sayt ma’muriyati)” - “GRBS Professional Education” MCHJ nomidan shaxsiy ma’lumotlar bilan sodir bo‘ladigan ishlab chiqish kerak bulgan shaxsiy ma’lumotlarni, amallarni (operatsiyalarni) shaxsiy ma’lumotlarning tarkibini ishlab chiqish va (yoki) tashkil qiluvchi vakolatga ega hodimlar.
1.1.3. “Shaxsiy ma’lumotlar” - bevosita yoki bilvosita aniq yoki aniqlanadigan jismoniy shaxsga (shaxsiy ma’lumotlar sub’ektiga) tegishli har qanday ma’lumot.
1.1.4. “Shaxsiy ma’lumotlarni ishlab chiqish” - avtomatizatsiya yordami bilan yoki uning yordamisiz shaxsiy ma’lumotlar bilan amalga oshiriladigan har qanday xarakat (operatsiya). Bu xarakatlar quyidagicha: shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, yozib olish, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish (yangilatish, o‘zgartirish), chiqarish, ishlatish, jo‘natish (targ‘ib qilish, ta’minlash, kirish), shaxsning nomini olib tashlash, kirishni cheklash, o‘chirish va va yoq qilish.
1.1.5. “Shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi” - qonuniy asossiz shaxsiy malumotlarning sub’ektining ruxsatisiz ma’lumotlarning targ‘ib qilishga yo‘l quymaslik uchun ma’sul operator, yoki shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘lgan shaxs uchun shart.
1.1.6. “Saytning foydalanuvchisi (bundan keyin - Foydalanuvchi)” - Internet tarmoqi orqali Saytga kira oladigan, yoki Saytni ishlatayotgan shaxs.
1.1.7. “Cookies” - veb server tomonidan jo‘natiladigan va foydalanuvchi kompyuterida saqlanib turadigan ma’lumotlaring kichik fragmenti. Ushbu fragment saytga kirish xarakatida HTTP - so‘rovi bilan veb-klient yoki veb-brauzer orqali veb-serverga jo‘natiladi.
1.1.8. “IP-manzil” - IP protokoli bo‘yicha qurilgan kompyuter tarmoqining yagona ulashuv manzili.

2. UMUMIY QOIDALAR
2.1. Foydalanuvchi tomonidan ushbu saytning foydalanishi Maxfiylik siyosati va va shaxsiy ma’lumotlarni ishlab chiqish shartlariga uning roziligini bildiradi.
2.2. Maxfiylik siyosatiga norozi bo‘lgan foydalanuvchi sayt bilan foydalanishni to‘xtatishi kerak.
2.3. Ushbu maxfiylik siyosati faqat “GRBS Professional Education” MCHJga qo‘llaniladi. “GRBS Professional Education” MCHJ foydalanuvchilar bog‘lana oladigan uchinchi shaxslarning saytlari uchun javobgar xisoblanmaydi.
2.4. Sayt ma’muriyati sayt Foydalanuvchilariga ta’minlaydigan shaxsiy ma’lumotlarning haqiqiyligini va to‘liqligini tasdiqlashni talab qilishi mumkin.

3. MAXFIYLIK SIYoSATINING MAVZUSI
3.1. Ushbu Maxfiylik siyosati Sayt ma’muriyatiga foydalanuvchilarning ma’lumotlarini, shu borada foydalanuvchi IELTS (Academic / General training) ro‘yxatdan o‘tayotganda ualrning sa’lumotlarini targ‘ib qilmaslik va ximoya rejimini ta’minlash bo‘yicha shartlarini belgilaydi.
3.2. Ushbu Maxfiylik siyosati doirasida ruxsat etilgan shaxsiy ma’lumotlar https://ielts-exam.uz saytining «IELTS testiga ro‘yxatdan o‘tish» bo‘limida joylashgan ruyxatdan o‘tish shakli orqali Foydalanuvchi tomonidan ta’minlanadi va quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:
3.2.1. Familiyasi, Ismi, Sharifi;
3.2.2. Elektron manzil;
3.2.3. Telefon raqamlari;
3.2.4. Tug‘ilgan yil, oy va sanasi;
3.2.5. Xujjatlarning rasmlari;
3.2.6. Fuqarolik haqida guvohnoma;
3.2.7. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari;
3.2.8. Haqiqiy turar joyining manzili va doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzili;
3.2.9. Ta’lim, ish joyi, mutaxassisligi va malakasi haqida malumotlar, ta’lim haqidagi hujjatlarning rekvizitlari.
3.3. Sayt tizimniing statistik skripti (“piksel”) o‘rnatilgan sahifalarning tashrif buyurishlarida va reklama bo‘limlarini ko‘rish mobaynida avtomatik tarzda jo‘natiladigan ma’lumotlarni himoya qiladi:
- IP manzil;
- Shuningdek, saytda tashrif buyuruvchilar haqida shaxssiz ma’lumotlar bilan jamlanish va ishlab chiqish jarayonlari internet-statistika xizmatlari (Yandeks Metrika, Google Analitika va boshqalar) orqali amalga oshiriladi;
- Brauzer (yoki boshqa reklama ko‘rsatuvini amalga oshiradigan dastur) haqida ma’lumot;
- Kirish vaqti;
- Reklama bo‘limi joylashgan sahifaning manzili;
- Referer (oldingi veb-sahifaning manzili).
3.3.1. Cookies-ning o‘chirilishi avtorizatsiya talab qiladigan saytning ba’zi bir joylarida ishlamasligiga olib kelishi mumkin.
3.3.2. Sayt o‘zining tashrif buyurgan shaxslarning IP-manzilini yig‘adi. Ushbu ma’lumot texnik nosozliklarni aniqlash va echish, o‘tadigan moliyaviy operatsiyalarni qonuniyligini nazorat qilish maqsadida ishlatiladi.
3.4. Yuqorida aytib o‘tilmagan har qanday shaxsiy ma’lumotlar (IELTS (Academic / General training) testiga ro‘yxatdan o‘tish qo‘shimcha joylar, ishlatilayotgan brauzer, operatsion tizimlar v.b.) ishonchli holda saqlanadi va targ‘ib qilishga yo‘l qo‘yilmaydi (ushbu Maxfiylik siyosatinig 5.2. va 5.3. bandlaridagi keltirilgan holatlardan mustasno).

4. FOYDALANUVChINING ShAXSIY MAʹLUMOTLARINI YIG‘ISh MAQSADLARI
4.1. Saytning ma’muriyati quyidagi maqsadlar bilan foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini ishlatishi mumkin:
4.1.1. IELTS (Academic / General training) testiga ro‘yxatdan o‘tish uchun saytda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining identifikatsiyasi va (yoki) distantsiyaviy usul bilan https://ielts-exam.uz saytidan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish.
4.1.2. Saytning shaxsiylashtirilgan resurslariga foydalanuvchining kirishini ta’minlash.
4.1.3. Foydalanuvchi bilan saytn bilan ishlash uchun, uning so‘rovnomalarini ishlab chiqish, va xizmatlar ko‘rsatish uchun xabarnoma va so‘rovnoma jo‘natish kabi qayta aloqa o‘rnatish.
4.1.4. Firibgarlikni oldini olish va foydalanuvchiga xavfsizlik ta’minlash uchun uning joyini aniqlash.
4.1.5. Foydalanuvchi tomonidan kelgan shaxsiy ma’lumotlarni to‘liqligi va xaqiqiyligini tasdiqlash.
4.1.6. Foydalanuvchi qayd yozuvining yaratishiga rozilik bergan xolda IELTS (Academic / General training) testiga ro‘yxatdan o‘tish uchun qayd yozuvini yaratish.
4.1.7. Kelgusi test holati haqida Sayt Foydalanuvchisiga xabar berish.
4.1.8. Tulovlarning olinishi va ishlab chiqarishi, soliq va soliq imtiyozlarini, tulov bo‘yicha munozara qilish, foydalanuvchiga kredit yo‘lini berish haqida huquqni aniqlash.
4.1.9. Sayt bilan ishlash borasida muammolar paydo bo‘lganda Foydalanuvchiga samarali texnik yordamni ta’minlash.
4.1.10. Foydalanuvchiga uning roziligi bilan “GRBS Professional Education” MCHJ nomidan yoki saytning hamkori nomidan yangilashlar, maxsus takliflar, narxlar bo‘yicha ma’lumot, yangiliklar va boshqa ma’lumotlar bilan ta’minlash.
4.1.11. Foydalanuvchining roziligi bilan reklama faoliyatini amalga oshirish.
4.1.12. Foydalanuvchiga sayting hamkorlari saytlari yoki hizmatlariga kirishni ta’manlash.

5. SHAXSIY MAʹLUMOTLARNI ISHLAB CHIQISH USULLARI VA MUDDATLARI
5.1. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini ishlab chiqishi muddat chegaralinishisiz barcha turdagi qonuniy usulllar bilan, shuningdek, avtomatizatsiya vositasi bilan, yoki uning yordamisiz bevosita bo‘lib o‘tadi.
5.2. https://ielts-exam.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan Foydalanuvchi aynan uning uchun xizmatlar ko‘rsatish maqsadida uchinchi shaxslarga, shuningdek kurer xizmatlari, pochta tarmoq tashkilotlari, elektrotarmoq tashkilotlari, British Council-ga uning shaxsiy ma’lumotlarini sayt ma’muriyati tomonidan jo‘natishiga rozilik bildiradi.
5.3. Uzbekiston Respublikasi qonunchiligi tasdiqlagan tartibi bilan Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari davlat xukumatining vakolatli organlariga uzatilishi mumkin.
5.4. Shaxsiy ma’lumotlarning yoqolishi yoki oshkor bo‘lishi holda Sayt ma’muriyati foydalanuvchiga uning shaxsiy ma’lumotlari yokolishi yoki oshkor bo‘lishi haqida xabar beradi.
5.5. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish va noqonuniy yoki tasodifan kirish, yoq qilish, o‘zgartirish, bloklash, nusxalash, targ‘ib etish va boshqa uchinchi shaxslarning noqonuniy xaraktlarini oldini olish uchun Sayt ma’muriyati barcha kerakli tashkiliy va texnik choralarni amalga oshiradi.
5.6. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchi bilan birga uning shaxsiy sa’lumotlarini yoqolishi yoki oshkor etilishi salbiy oqibatlarini yoki zararlarini oldini olish uchun barcha kerakli choralarni qo‘llaydi.

6. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI
6.1. Foydalanuvchi qo‘yidagi majburiyatlarga bo‘ysunishi kerak:
6.1.1. Sayt ishlatishi va IELTS (Academic / General training) testiga ro‘yxatdan o‘tish uchun barcha shaxsiy ma’lumtolarni ta’minlash.
6.1.2. Berilgan ma’lumotning o‘xgvrishi xolda berilgan shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldirish va yangilatish.
6.2. Sayt ma’iuriyati quyidagilarga majbur:

6.2.1. Ushbu maxfiylik siyosatinig 4 bandida ko‘rsatilgan maqsadlar bilan olingan ma’lumotlarni ishlatish.
6.2.2. Maxfiy ma’lumotni siz holda saqlashni ta’minlash, Foydalanuvchining yozma shaklda roziligisiz oshkor etmaslik, shuningdek, ushbu Maxfiylik siyosatining 5.2. va 5.3. bandlaridan mustasno Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini sotmaslik, almashtirmaslik, targ‘ib etmaslik yoki boshqa yo‘llar bilan oshkor etmaslik.
6.2.3. Mavjud bo‘lgan ish yuritishda odatda ishlatilayotgan bunday ma’lumotlarni himoyalash tartibi bo‘yicha Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini maxfiyligini himoya qilish uchun oldinda ehtiyot choralarini amalga oshirish.
6.2.4. Tekshirish paytida shaxsiy ma’lumotlar ishonchsiz bo‘lgan holda, yoki noqonuniy xarakatlar anqlangan holda,  Foydalanuvchining yoki uning qonuniy vakili, shuningdek shaxsiy ma’lumotlar subxektining huqularini muhofaza qiluvchi organning murojjati yoki so‘rovi vaqtidan boshlab Foydalanuvchiga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni bloklash.

7. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
7.1. Ushbu Maxfiylik siyosatining 5.2., 5.3. va 7.2. bandlaridagi hollardan tashqari, sayt ma’muriyati shahsiy ma’lumotlarining noqonuniy ishlatilishi munosabati bilan o‘zining majburiyatlarini bajarmagan holda Foydalanuvchiga etkazgan ziyon uchun O‘zbekiston Respublikasining joriy qonunchiliga muvofiq javobgarlikga tortiladi.
7.2. Agar maxfiy ma’lumot quyidagi hollarda yoqotilsa yoki oshkor etilsa Sayt ma’muriyati javobgar hisoblanmaydi:
7.2.1. Ma’lumot yoqolishi yoki oshkor etilishidan oldin ommaviy boylik bo‘lgan holda.
7.2.2. Sayt ma’muriyati ma’lumotni qabul qilishidan avval uchinchi shaxs tarafidan qabul qilingan xolda.
7.2.3. Foydalanuvchining ruxsati bilan oshkor etilgan xolda.

8. MUNOZARALARNING ECHIMI
8.1. Sayt Foydalanuvchisi va Sayt ma’muriyatining orasida munozaralar bo‘yicha sudga davo arizasi berishdan avval da’vo xatini (munozarani echish uchun yozma shaklda taklif) taqdim qilish shart.
8.2. Da’vo xatini oluvchi ushbu da’vo xatini olishidan boshlab 30 kalendar kun ichida da’vo xatini ko‘rib chiqgani to‘g‘risida da’vogarga xabar qiladi.
8.3. Agar munozara bo‘yicha kelishmovchilik paydo bo‘lsa ushbu munozara buyicha O‘zbekiston Respublikasi joriy qonunchiligiga muvofiq sud organlari bilan ko‘rib chiqiladi.
8.4. Ushbu maxfiylik siyosati va sayt Foydalanuvchisi va Ma’muriyati orasida munosabatlarga O‘zbekiston Respublikasi joriy qonunchiligi ishlatiladi.

9. QO‘SHIMCHA SHARTLAR
9.1. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchining roziligisiz ushbu Maxfiylik siyosatiga o‘zgartirishlar kiritish xuquqiga ega.
9.2. Ushbu xujjatda Operatorning barcha shahsiy ma’lumotlarni ishlab chiqish siyosati bo‘yicha o‘zgarishlar aks ettiriladi. Siyosat uning yangi versiyasi bilan o‘zgarguncha muddatsiz amalga oshiriladi.
9.3. Yangi Maxfiylik siyosati https://ielts-exam.uz saytida joylashishi bilan u o‘z kuchiga kiradi (agar boshqa hol siyosatning yangi taxriri bilan ko‘rib chiqilmagan bo‘lsa).
9.4. Foydalanuvchi uning shaxsiy ma’lumotlarini ishlab chiqishiga tegishli qiziqtiradigan savollar bo‘yicha info.tashkent@grbs.com elektron pochta manzili bilan turli xildagi tushuntirishlar olishi mumkin.
9.5. Joriy ishlatilayotgan Maxfiylik siyosati https://ielts-exam.uz/policy/ manzilida ochiq xolda joylashgan

Scroll to Top