IELTS Registration Centre | GRBS

  • Ommaviy oferta

OMMAVIY OFERTA
https://ielts-exam.uz domen nomida joylashgan “IELTS Registration Center” sayti, tashkiliy-huquqiy shakli, “GRBS Professional Education” MChJ, qo‘yidagi yuridik manzil bilan: O‘zbekiston, Toshkent sh, Mirobod tum., Taras Shevchenko ko‘ch, 21, uning Ustav asosida faoliyat yuritayotgan direktori, o‘zining rekvizitlari va vakolatlarini tasdiqlaydigan Islamov F.U. tomonidan, “IELTS Ro‘yxatdan o‘tish markazi” deb keyinchalik nomlangan, “IELTS (Academic / General training ) testiga ro‘yxatdan o‘tish” distatsiya usuli bilan Ommaviy ofertani e’lon qiladi.

1. ATAMALARNING TAʹRIFI 
1.1. Ommaviy oferta (keyinchalik “Oferta”) - noaniq shaxslarga yo‘llangan Ro‘yxatga oluvchi bilan “distantsiya usuli bilan IELTS (Academic / General training) testiga ro‘yxatdan o‘tish” shartnomasini (keyinchalik “Shartnoma”) tuzish Ro‘yxatga oluvchining ommaviy ofertasining va xar bir Ilovasining takliflarini shartlarida taklifi.
1.2. IELTS (Academic / General training) testiga ro‘yxatdan o‘tish- Ro‘yxatga oluvchining saytida Foydalanuvchi tomonidan IELTS (Academic / General training) testiga ro‘yxatdan o‘tish uchun arizani to‘ldirish va ro‘yxatdan o‘tish.

2. UMUMIY QOIDALAR 
2.1. Ro‘yxatga oluvchining saytida Foydalanuvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tishi uning ushbu Ofertaning barcha shartlariga roziligini bildiradi.
2.2. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchiga xabar bermagan xolda Ofertaga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
2.3. Ro‘yxatga oluvchining saytida aksi holi ko‘rsatilmagan holda ushbu Ofertaning amal qilish muddati chegaralanmagan.
2.4. Ro‘yxatga oluvchi Foydalanuvchiga IELTS (Academic / General training) testi bo‘yicha to‘liq va ishonchli tarzda ma’lumot beradi. Ushbu ma’lumot IELTS (Academic / General training) testi bo‘lib o‘tishi sanasi, joyi, Ro‘yxatga oluvchining saytida IELTS (Academic / General training) testiga ro‘yxatdan o‘tayotganda kerak bo‘ladigan talablarni kiritadi.

3. TEST NARXI
3.1. Ro‘yxatga oluvchining saytida IELTS (Academic / General training) testi uchun narxi: 1 aprel 2019 yilgacha barcha sanalarga 1.218.000 sum tashkil qiladi. 1 aprel 2019 yildan boshlab har qanday sanaga test narxi 1.411.000 sum tashkil qiladi.
3.2. Ro‘yxatga oluvchi bir tomonlama ravishda IELTS testiga narxlarni o‘zgartirish huquqiga ega.
3.3. Ro‘yxatga oluvchi buyurtma olayotgan jarayonida saytda yoki Foydalanuvchining o‘ziga test narxini ko‘rsatadi.
3.4. IELTS (Academic / General training) testining narxi o‘zgargan holda Ro‘yxatga oluvchi IELTS (Academic / General training) testi o‘tishidan 10 kun avval Foydalanuvchiga test narxlari o‘zgargani haqida xabar berishi majburdir.
3.5. Foydalanuvchi tomonidan to‘langan testning narxini o‘zgarishi faqat Foydalanuvchiga 10 kundan kam bo‘lmagan muddatda xabar berilgan holda o‘tishi mumkin.
3.6. Foydalanuvchi testga ro‘yxatdan o‘tgandan keyin narxi o‘zgargan paytda Ro‘yxatdan o‘tishni tasdiqlashi, yoki bekor qilishi mumkin.
3.7. Ro‘yxatdan o‘tish paytida Ro‘yxatga oluvchiga Foydalanuvchi tomonidan pul mablag‘lari qabul qilingan bo‘lsa Foydalanuvchi o‘z majburiyatlarini bajargan hisoblanadi.
3.8. Ro‘yxatga oluvchining saytida “To‘lov” bo‘limida ko‘rsatilgan usullar bilan IELTS (Academic / General training) testiga Ro‘yxatga oluvchi va Foydalanuvchi hisob-kitoblari amalga oshiriladi.

4. RO‘YXATDAN O‘TISHNI RASMIYLASHTIRISH
4.1. IELTS (Academic / General training) testiga Foydalanuvchi tomonidan Ro‘yxatga oluvchining https://ielts-exam.uz saytida yoki Toshkent sh. Mirobod tum. Taras Shevchenko ko‘ch, 21 da joylashgan manzilda Operator bilan ro‘yxadan o‘tish mumkin.
4.2. Ro‘yxatga oluvchining saytida Foydalanuvchi quyidagi ishonchli ma’lumotlarni taqdim qilishga majbur;
4.3. IELTS (Academic / General Training) testining nomi, test bo‘lib o‘tadigan sana, uning Foydalanuchi tomonidan tanlangan narxi Ro‘yxatga oluvchining saytida joylashgan Foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazishini tasdiqlash sahifasida, shuningdek ro‘yxatdan o‘tish jarayonidan olingan manzilga elektron xabar shaklida ko‘rsatiladi.
4.4. Agar Ro‘yxatdan o‘tuvchiga qo‘shimcha ma’lumot zarur bo‘lsa, u ushbu ma’lumotni Foydalanuvchidan so‘rashi mumkin. Kerakli ma’lumot taqdim etilmagan holda, Ro‘yxatga oluvchi IELTS (Academic / General Training) testiga kirish uchun javobgarlik tortmaydi.
4.5. Operator orqali buyurtma berganda (ushbu Ofertaning 4.1. bandi) Foydalanuvchi ushbu Ofertaning 4.2. bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etishi majbur.
4.6. Ushbu Ofertaning shartlariga Foydalanuvchi tomonidan rozilik berishi uning Ro‘yxatga oluvchining saytida ro‘yxatga olish shakliga muvofiq ma’lumotlarni kiritishi, yoki Operator orqali ro‘yxatdan o‘tishi bilan aniqlanadi. Operator orqali ro‘yxatdan o‘tishdan so‘ng Foydalanuvchi haqida ma’lumotlar Ro‘yxatga oluvchining ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. IELTS (Academic / General Training) tanlangan testga ro‘yxatdan o‘tishni tasdiqlashdan so‘ng, Foydalanuvchi Operatorga ushbu Ofertaning 4.2. bandida ko‘rsatilgan kerakli ma’lumotlarni taqdim etadi.
4.7. Ro‘yxatdan o‘tishni rasmiylashtirish jarayonida Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotni tarkibi va ishonchliligiga Ro‘yxatga oluvchi javobgar hisoblanmaydi.
4.8. Ro‘yxatdan o‘tishni rasmiylashtirish jarayonida Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotni tarkibi va ishonchliligiga Foydalanuvchi javobgardir.
4.9. Ro‘yxatga oluvchi va Foydalanuvchi orasidagi distantsiya usuli bilan xizmat ko‘rsatish shartnomasi Ro‘yxatga oluvchi tomonidan Foydalanuvchiga shaxsiy ID berilishidan boshlab tuzilgan hisoblanadi.

5. RO‘YXATDAN O‘TISH VA TEST O‘TISH HAQIDA BILDIRISh
5.1. Ro‘yxatga oluvchi uning saytidagi ko‘rsatilgan usullari bilan Foydalanuvchiga British Councildan o‘tkaziladigan IELTS (Academic / General Training) testiga ro‘yxatdan o‘tish xizmatlarini ko‘rsatadi.
5.2. IELTS (Academic / General Training) testining o‘tkazilishini sanasi va joyini Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish jarayonida o‘zi tanlaydi.
5.3. IELTS (Academic / General Training) testi haqida ma’lumotlarni Foydalanuvchiga saytda joylashi bilan yoki boshqa usul bilan etkazadi.

Scroll to Top