IELTS Registration Centre | GRBS

  • Imkoniyati chegaralangan nomzodlarga

Nomzodlarning til bo‘yicha qobiliyatlari ob’ektiv tarzda baholanayotganini kafolatlash uchun IELTS alohida talablarga muxtoj nomzodlar uchun kompleks xizmatlarni ko‘rsatadi. Masalan:

  • Ko‘z ojizligi;
  • Eshitish ojizligi;
  • Nutq ojizligi;
  • Disleksiya kabi o‘rganish murakkabliklari;
  • Vaqtinchalik yozish qobiliyati yuqligi;
  • Diabet kabi salomatlikga xavfli holat.

Barcha yuqorida keltirilgan ojizlikga duchor bo‘lgan nomzodlar kamida 6  hafta oldinroq  xabar berishi kerak. Murojjatnomasida quyidagi hujjatlar topshirishi shart.

  • Tibbiy ma’lumotnoma/diagnostik ma’lumotnoma;
  • Yozilgan shaklda murojaatnoma;
  • Ikkta kunlar (agar maxsus murojaatnoma uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘lsa).

Alohida talabli nomzodlar uchun quyidagi ikoniyatlar ta’minlanadi (shunday imkoniyatlar borligini tekshirish uchun bizning markazimizga murojaat qiling):

  • Ko‘z ojizligi bo‘lgan nomzodlar uchun kengaytirilgan bosma;
  • Disleksiya kasalligiga duchor bo‘lganlarga qo‘shimcha vaqt;
  • Braylь Tizimi - ko‘zi ojiz bo‘lgan nomzodlar uchun o‘qish va yozish tizimi;
  • Listening testini lab harakatlari orqali o‘qish versiyasi;

Agar siz testning modifikatsiya versiyasiga muxtoj bo‘lsangiz, masalan Braylь tizimiga, siz test o‘tishidan 3 oy avvalroq markazga murojaat qilishinigiz kerak. Agar sizning fakat qo‘shimcha vaqt kabi ma’muriy choralarni talab qilsa, bizning markazimizga 6 xafta avvalroq murojaat qilishingiz mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun biz bilan bog‘laning.

Scroll to Top