IELTS Registration Centre | GRBS

  • IELTS Life Skills

IELTS Life Skills - Gapirish va Tinglash

IELTS Life Skills Umumevropa til topshiriqlari standartlari (CEFR) darajasidagi A1 yoki B1 darajasida ingliz tilida gapirish va tinglash ko’nikmalarini namoyish etishi lozim bo’lgan kishilar uchun mo’ljallangan.

Agar siz Buyuk Britaniyaga «oilaviy ko’chish» uchun viza va immigratsiya huquqini olish uchun ariza bergan bo’lsangiz, siz uchun test - IELTS Life Skills A1. Agar siz Buyuk Britaniyaga noma’lum muddat yashash yoki fuqaroligini olish uchun viza va immigratsiya huquqini olish uchun ariza bergan bo’lsangiz, siz uchun test - IELTS Life Skills B1.

IELTS Life Skills * A1 * Buyuk Britaniyaga «oilaviy ko’chish» uchun viza va immigratsiya huquqini olish maqsadida ariza berish uchun ingliz tilida gapirish va tinglash ko’nimalarini tasdiqlash. 

IELTS Life Skills * B1 * Buyuk Britaniyaga noma’lum muddat yashash yoki fuqaroligini olish uchun viza va immigratsiya huquqini olish maqsadida ariza berish uchun ingliz tilida gapirish va tinglash ko’nimalarini tasdiqlash.   

Testdan o’tishingiz uchun ro’yxatdan o’tishdan avval siz o’z viza toifagiz uchun ingliz tili bo’yicha talablarni aniqlashingiz kerak. Iltimos, qo’shimcha ma’lumot olish uchun www.gov.uk/check-uk-visa ga qarang.

Ro’yxatdan qanday o’tish kerak

IELTS Life Skills – gapirish va tinglash testiga qanday ro’yxatdan o’tish mumkin

2015 yil aprel oyidan boshlab ushbu test markazida IELTS Life Skills ni topshirish mumkin bo’ladi.

O’zingiz uchun maqbul test sanasini topshi va IELTS Life Skills testi uchun ro’yxatdan o’tish uchun, iltimos, Test Sanasi Sahifasi ga qarang

Testda nimalar bo’ladi?

Sharh
IELTS Life Skills dan ikkita darajada o’tish mumkin:

  • IELTS Life Skills – A1 Gapirish va tinglash
  • IELTS Life Skills – B1 Gapirish va tinglash

Yuzma-yuz gapirish va tinglash testlari

Siz imtihon oluvchiga va yana bir testdan o’tkazuvchiga imtihon topshirasiz.
IELTS Life Skills dagi topshiriqlar ingliz tili qo’llanadigan davlatda kundalik muloqot tajribasini aks ettirish uchun mo’ljallangan. Siz quyidagi kundalik mavzularda qisqa suhbatlarda ishtirok eta olishingiz kutiladi:

  • shaxsiy malumotlaringiz / tarjimai hol
  • oila va do’stlar
  • buyumlarni xarid qilish
  • ish
  • salomatlik
  • dam olish
  • ta’lim / o’qish
  • transport
  • uy va xo’jalik
  • ob-havo

IELTS Life Skills quyidagilarga qaratilgan

Har bir darajada test siz tinglash va javob bera olish, o’z fikrinizni bildirish va boshqalar bilan gaplashish ko’nikmangizni baholash uchun mo’ljallangan.

A1

Nimaga e’tibor qaratiladi:

Sizdan kutiladi: og’zaki nutqni tinglash va unga javob berish, shu jumladan oddiy darak gaplar, fikrini bildirish, savollar va qadam-baqadam yo’l-yo’riqlar, tanish mavzuga oid asosiy ma’lumot, tuyg’ular va fikrlarni bildirish, boshqa kishi bilan tanish vaziyatda tanish mavzuda gaplashish.

Topshiriqlar quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:

Ta’riflash, fikrini bildirish, shaxsiy ma’lumot berish, o’z istagini bildirish, sharh qilish, ma’lumot so’rash yoki ta’riflashni so’rash, rozilik va norozilik, tushuntirish, asoslash yoki o’z qarorini asoslash, taklif etish, tanlash

B1

Nimaga e’tibor qaratiladi:

Sizdan kutiladi: og’zaki nutqni tinglash va unga javob berish, shu jumladan bevosita malumot berish va hikoya qilish, oddiy tushuntirishga va yo’l-yo’riqlarga amal qilish. Tegishli umumqabkl qilingan iboralardan foydalanib, tanish mavzuda ma’lumot, tuyg’ular va fikrlar bildirish. Tanish vaziyatda bir yoki bir nechta kishilar bilan gaplashish, tanish mavzular bo’yicha barchaning ahvolni tushunishiga erishish uchun, tegishli fikr bildirish va boshqalarning gapiga javob berish.

Yuqoridagi A1 topshiriqlarga qo’shimcha, B1 topshiriqlari quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:

Taqqoslash, kontrast, sabab, undash yoki maqsadni ko’rsatish, ustuvorlikni ko’rsatish, rejalashtirish, ko’ndirish, o’tmishdagi yoki bo’lg’usi voqea haqida so’rash, kelajakda aniq bo’ladigan yoki taxminiy holat haqida gapirish

Qanday tayyorlanish kerak

IELTS Life Skills ga tayyorlanish

Ko’p beriladigan savollar va javoblar
Test davomida menga qanday baho berishadi?
Sizga to’rtta asosiy sohada ko’nikmalaringiz bo’yicha baho berishadi:

  • axborot olish
  • axborot berish
  • muloqot uchun gapirish
  • muhokamada ishtirok etish

Test paytida sizga vaqt-vaqti bilan javoblarga tayyorlanish uchun qaydlar qilishingizga ruxsat beriladi. Imtihon oluvchi sizning qaydlaringizni tekshirmaydi – test davomida faqat sizning gapirish va tinglash ko’nikmalaringiz baholanadi.

IELTS Life Skills qanday darajada bo’ladi?
IELTS Life Skills Umumevropa til bo’yicha topshiriqlar standartlari tizimining (CEFR) A1 va B1 darajalarida topshirilishi mumkin. Bu o’quvchilarning til ko’nikmalarini ta’riflash uchun butun jahonda ishlatiladigan xalqaro standartdir.

Test davomida nimalar bo’ladi?
IELTS Life Skills ikkita asosiy qismidan iborat:

  • Birinchi qismida siz tanish mavzular bo’yicha savol berishingiz va javob berishingiz kerak.
  • Ikkinchi qismi tinglash va gapirish bo’yicha jamlangan topshiriqlardan iborat.
  • A1 va B1 darajasida siz kompakt-diskdan eshittiriladigan topshiriqni tinglaysiz.
  • Topshiriqni topshirish sizga ham umumiy ma’noni, ham tafsilotlarni tinglash kqobiliyatingizni ko’rsatishga imkon beradi.
  • Siz o’z javoblaringizni gapirib berasiz, lekin kompakt-diskni tinglash paytida qog’ozda qaydlar qilishingiz ham mumkin.
  • Keyin siz kompakt-diskdan tinglagan topshiriq bilan bog’liq mavzular muhokama qilinadi.
  • Bundan tashqari, B1 darajasida shuningdek siz boshqa nomzod bilan birga faoliyatingizni rejalashtirishingiz bo’yicha topshiriq ham bo’ladi.

Men nima uchun boshqa nomzod bilan test topshiraman?
IELTS Life Skills siz boshqalar bilan ingliz tilida kundalik darajada qanchalik yaxshi muloqot qila olishingizni tekshiradi. Bu ko’nikmalarni tekshirishning eng yaxshi usuli – siz muloqot qilish va boshqalar bilan muhokamada o’z fikringizni bildirish uchun ingiz tilini qanchalik yaxshi bilishingizni ko’rsata olishingiz uchun, bir xil qobiliyati darajasi bo’lgan tekshiriluvchilarni yuzlashtirishdir b.

Test qancha davom etadi?
IELTS Life Skills da, siz testni topshirish uchun faqat bir qisqa sessiyani o’tishingiz kerak bo’ladi. Har bir daraja uchun ruxsat etilgan vaqt:

  • IELTS Life Skills - A1 Gapirish va tinglash

16–18 daqiqa

  • IELTS Life Skills - B1 Gapirish va tinglash

22 daqiqa.

Yordam berish uchun bepul materiallar

Har bir daraja uchun hujjatlarning ikkita bepul namunasi yaqin orada olib ishlatilishi mumkin.

Test sanalari

IELTS Life Skills uchun test sanalari
Maqbul test sanasini topish va IELTS Life Skills testini topshirish uchun ro’yxatdan o’tish uchun, iltimos, Test Sanasi Sahifasi ga qarang

Natijalar

IELTS Life Skills testining natijalari
Test natijalari odatda siz test o’tgan paytingizdan boshlab (7) yetti kun ichida ko’rilishi mumkin.
Siz ikkita natijadan biriga ega bo’lasiz:

  • O’tdi
  • O’tmadi

O’tmadi natijasij siz muvaffaqiyatga eorisha olmaganingizni, va test natijalaringiz viza olish uchun ariza berish uchun ishlatilishi mumkin emasligini bildiradi.

Scroll to Top