IELTS Registration Centre | GRBS

  • IELTS haqida
  • Nima uchun IELTS
  • IELTS testlari jarayoni
  • IELTS ballari nimani bildiradi
  • IELTS shakllari

IELTS – International English Language Testing System (Ingliz tili bo‘yicha Testdan o‘tkazish Xalqaro tizimi).

IELTS til ko‘nikmalarini baholashning eng yuqori xalqaro standartlariga bo‘ysunadi. U to‘rtta til ko‘nikmasi bo‘yicha test o‘tkazadi – listening (tinglash), reading (o‘qish), writing (yozish) va speaking (gapirish). IELTS – ma’lumot olish, immigratsiya va kasbiy akkreditatsiyaga ega bo‘lish maqsadida ingliz tilida muloqot qilishning real ko‘nikmalarini xavfsiz, ishonchli va samarali testdan o‘tkazish tizimidir.

Nomzodlar IELTS testini butun jahon bo‘ylab 900 tadan ortiq markazlarda va joylarda topshirishi mumkin. Ushbu global test sifatni nazorat qilishning eng yuqori darajasiga ega bo‘ladi.

«Test o‘tkazish formati va natijalari» bo‘limidan ko‘proq ma’lumot oling, yoki IELTS Guide for Institutions and Organisations (PDF, 586KB) hujjatini yuklab oling.

IELTS tizimi IDP: IELTS Australia, British Council va Cambridge English Language Assessment tashkilotlarning birgalikdagi mulki bo‘lib, 135 dan ortiq jahon davlatlaridagi 900 dan ortiq test markazlari va joylari orqali amalga oshiriladi

IDP: IELTS Australia - ta’lim va rivojlanish sohasidagi jahon bo‘ylab etakchi bo‘lgan xalqaro tashkilotlardan biridir, u talabalarni xalqaro joylashtirish, ingliz tilini o‘qitish va testdan o‘tkazish bo‘yicha, hamda hukumat homiylari nomidan ko‘maklashishga oid xalqaro loyihalarni boshqarish xizmatlarini ko‘rsatadi. IDP Education 1969 yilda Avstraliya universitetlari tomonidan tuzilgan, va boshqa har qanday tashkilotdan ko‘ra ko‘proq chet el talabalarini Avstraliyadagi o‘quv yurtlariga yuborgan.

IDP Education, o‘zining IELTS Australia nomli sho‘’ba kompaniyasi orqali, 30 dan ortiq davlatlarda IELTS testdan o‘tkazish markazlari tarmog‘ini boshqaradi.

British Council 1934 yilda Qirol farmoni bilan tuzilgan, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar o‘rtasida ta’lim, madaniyat va san’at sohasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadiga qaratilgan ijtimoiy tashkilotdir, bu tashkilot ofislari 110 ta jaxon davlatlarida mavjud. 

Yiliga bir milliondan ortiq kishi British Council huzurida IELTS testlaridan o‘tadi.

IELTS ingliz tili bo‘yicha testdan o‘tishning ilg‘or tashkilotidir. IELTS ning samaradorligi 1989 yildan boshlab isbotlangan. IELTS testidan o‘tishning tuzilishi amaliy lingvistika, til pedagogikasi, tilni baholash va til texnologiyalari yutuqlarini o‘z ichiga oladi.

Bir necha o‘n yillik progressiv o‘zgarishlar davomida IELTS to‘rtta til ko‘nikmasini (reading, writing, listening va speaking), shu jumladan yuzma-yuz gaplashish komponentini baholashda davom etgan. Bu esa IELTS ni ingliz tili bo‘yicha boshqa testlardan ajratib turadi.

IELTS – innovatsiyalar tarixi

IELTS tizimidan avval 1980 yilda o‘z faoliyatini boshlagan Ingliz tili bo‘yicha Testdan o‘tish Xizmati – ELTS bo‘lgan edi. Testning innovatsion formati tilni o‘rganishda va nazariyasini o‘rgatishda, hamda til bo‘yicha testdan o‘tkazishda o‘zgarishlarni aks ettirgan. Xususan, IELTS ga tilni «kommunikativ» o‘rganishning o‘sishi va «alohida maqsadlar uchun ingliz tili» ning rivojlanishi ta’sir etgan. Test topshiriqlari til akademik kontekstlarda qanday foydalanilganligini tahlil qilishga asoslangan, va ular tildan «real olamda» foydalanishni aks ettirish uchun mo‘ljallangan edi.

British Council va UCLES EFL (hozirgi paytda Kembridj ESOL nomi bilan tanilgan) tomonidan o‘tkazilayotgan doimiy tadqiqotlar va ishlanmalar testdan o‘tish tizimini qayta ko‘rib chiqishga, hamda hozirgi paytda IDP Education Australia deb tanilgan Avstraliya Universitetlari va Kolledjlari Xalqaro rivojlanishi Dasturini (IDP) jalb qilgan holda, tizimda kengaytirilgan xalqaro ishtirok etishga olib kelgan.

IDP, British Council va UCLES xalqaro sheriklikni tuzgan, bu esa testning yangi nomida o‘z aksini topgan: Ingliz tili bo‘yicha Testdan o‘tkazish Xalqaro tizimi (The International English Language Testing System) – IELTS.

IELTS 1989 – standartlar belgilanishining 25 yilligi

Ingliz tili bo‘yicha Testdan o‘tkazish Xalqaro tizimi (IELTS) ilk bora 1989 yildan boshlab faoliyat yuritgan. 1989 yildan boshlab IELTS tizimida nomzodlar ikkita iixtisoslashmagan modulni - Listening (tinglash) va Speaking (gapirish), va ikkita ixtisoslashgan modulni – Reading (o‘qish) va Writing (yozish) topshiradi.

1995 yil aprelь oyida testga keyingi o‘zgartirishlar kiritilgan. Ushbu innovatsiyalar tarixiga muvofiq holda, IELTS hamkorlari avvalgidek testning doimiy rivojlanishi yo‘nalishlariga amal qilgan. 2001 yil iyulь oyida IELTS ning takomillashtirilgan Speaking testlari taqdim etilgan. 2005 yil yanvarь oyidan boshlab kuchga Writing Testni baholash uchun yangi mezonlar kirgan. 2005 yildan boshlab ba’zi IELTS markazlarida IELTS ning kompьyuterlashtirilgan versiyasi ham amalga kiritilgan IELTS Annual Review ning avval e’lon qilingan sonlarida, va  Kembridj ESOL – Research Notes ning har yil choragida chiqadigan nashrlarida ushbu loyihalarning barchasi haqidagi axborotni topish mumkin.

Bugungi kunda test tarkibida 1980 yildagi IELTS ning ko‘pgina xususiyatlari saqlanib qolgan, shu jumladan, tushunishga oid (Reading va Listening) testlarida kengaytirilgan matnni tushunishga, Speaking testida yuzma-yuz muloqot vositasida nutq faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri testdan o‘tkazishga, va Writing testida esse va qaydlar formatidan foydalanishga urg‘u beriladi.

Doimiy tadqiq etish va rivojlantirish

Turli davlatlardagi mualliflar guruhlari IELTS ning test materiallariga o‘z hissasini kiritmoqda. Doimiy tadqiq etish va rivojlantirish - kim, qaerda va qachon testdan o‘tishidan qat’i nazar - IELTS ning aniqligini, adolatli va xolis bo‘lishini kafolatlaydi, hamda IELTS xalqaro turli-tumanlikni rag‘batlantirishi, aks ettirishi va e’tirof etishini, va har bir test topshiruvchining millati, kelib chiqishi va tajribasi, jinsi yoki turmush tarzidan qat’i nazar, unga tushunarli, aniq va adolatli bo‘lishini kafolatlaydi.

Test materiallari yaratilishida belgilangan jarayonlarga qat’iy rioya etilishi testning har bir versiyasi murakkabligining taqqoslanuvchan bo‘lishini kafolatlaydi, shunday qilib, nomzodlarning natijalari ular testni topshiradigan har qanday joyda va vaqtda, haqiqiy bo‘lib qolaveradi.

Bugungi kundagi IELTS ning ushbu va boshqa ko‘pgina afzalliklari bizning bir necha o‘n yil davomida ingliz tili bo‘yicha testdan o‘tkazish tarixiga asoslangan.

IELTS – Ingliz tili bo‘yicha Testdan o‘tkazish Xalqaro tizimi (International English Language Testing System), jahonda eng ommaviy va yirik ingliz tilidan testdan o‘tkazish tizimidir.

IELTS - British Council, IDP: IELTS Avstraliya va Cambridge English Language Assessment rahbarligi ostida bo‘lib, 130 tadan ortiq jahon davlatlarida joylashgan 900 ta test-markazlarida o‘z xizmatlarini taqdim etadi.

IELTS ingliz tili bo‘yicha testdan o‘tkazishning to‘rtta ko‘nikmasi (listening, reading, writing and speaking) asoschisi bo‘lib, bugungi kunda ham ingliz tili bo‘yicha testdan o‘tkazishning standartlanini belgilashni davom ettirmoqda. Butun jahon bo‘ylab 9000 tashkilot va 2.2 mln. dan ortiq nomzodlar IELTS ga ishonadi, va uni ta’lim olish, immigratsiya va kasbiy akkreditatsiyaga ega bo‘lish maqsadida ingliz tilida muloqot qila olishning real malakasi va ko‘nikmalarining ishonchli, samarali va sinovdan o‘tgan ko‘rsatkichi sifatida tan oladi.

IELTS testi ingliz tili muloqot tili bo‘lgan joyda ishlaydigan yoki o‘qiydigan nomzodlarning til ko‘nikmalarini baholash uchun ishlab chiqilgan. Ingliz tilidan ushbu test Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va AQSh da o‘qish niyati bo‘lgan talabalar uchun afzal hisoblanadi.

IELTS Academic (Akademik darajasi) ingliz tilida ta’lim olib boriladigan oliy va oliydan keyingi ta’limning barcha kurslariga kirish uchun til bo‘yicha talablar sifatida tan olinadi. IELTS General Training (Umumiy ta’lim) ingliz tili davlatlariga yashash, o‘rta ma’lumotini davom ettirish yoki o‘quv dasturlarida ishtirok etish uchun borayotgan nomzodlar uchun mos keladi.

Test kunidagi jarayonlar:

  1. Siz ariza ro‘yxat shaklini taqdim etganingizdan keyin, Sizning testdan o‘tishingiz sanasi tasdiqlab beriladi, va siz olgan hujjatda testdan o‘tishingiz sanasi chop etiladi.
  2. Testdan o‘tish markazining joylashuvini avvaldan tekshiring.
  3. Test joyiga ertalab soat 8:00 da keling. Test kunida nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish soat 8:45 da yakunlanadi. Kech qolganlar shu vaqtdan keyin testdan o‘tish xonasiga qo‘yilmaydi.
  4. Siz ariza shakli bilan birga nusxasini taqdim etgan pasportni o‘ziningiz bilan olib keling. Bu test kunida qabul qilinadigan, shaxsni tasdiqlashi mumkin bo‘lgan yagona hujjatdir, va u test kunida amal qilishi muddati o‘tmagan (haqiqiy) bo‘lishi shart. Haqiqiy pasportni taqdim etmasangiz, siz testni topshira olmaysiz. Agar siz IELTS testi uchun ro‘yxatdan o‘tishdan keyin yangi pasport olgan bo‘lsangiz, test kunida sizning yangi ma’lumotlaringiz bo‘lishini kafolatlash uchun, siz yangi pasportingizni (shaxsni tasdiqlovchi hujjatni) bizning ofisimizga testni o‘tkazish sanasidan kamida 3 kun avval taqdim etishingiz shart.
  5. Test o‘tkaziladigan xonaga siz mobil telefon, peydjer, elektron jihoz-uskunalarni, ruchkalarni, korrektor qalamlarni, yoki testdagi nazoratchi sizdan imtihon xonasidan tashqarida qoldirishingizni so‘raydigan har qanday boshqa buyumlarni olib kirishingiz mumkin emas. Bu erda maxsus ajratiladigan xonada siz barcha shaxsiy buyumlaringizni saqlash uchun qoldirishingiz mumkin. Imtihonga kelganda, sizning sumkangizni  bu erda boshqalarning ichida oson tanib olish mumkinlgiga ishonch hosil qiling.
  6. Agar siz nomzodlar uchun qoidalar va ko‘rsatmalardan birortasini buzsangiz, sizning test natijalaringiz bekor qilinadi. Bunday buzishlarga quiydagilar kiradi, lekin bu bilan cheklanmaydi: test paytida boshqa nomzoddan nimanidir olish yoki olib turish, tovlamachilik yoki boshqa nomzodning ishini ko‘chirib olish, aytib turish yoki boshqa nomzodlarga xalal berish, yoki imtihon paytida foydalanilgan har qanday materiallarni olib ketish.
  7. Testning natijalari test o‘tkazilishidan keyin 13 kundan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
  8. Testning natijalari faqat GRBS® dan shaxsan olib ketilishi mumkin. Buning uchun siz pasportning (shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatning) asl nusxasini taqdim etishingiz va natijalaringizni imzolashingiz lozim. Siz shuningdek IELTS test natijalarini online tekshirishingiz mumkin.
  9. Nomzod test natijalarini shaxsan olib ketmaganda, ular siz ro‘yxat shaklidagi arizada ko‘rsatgan manzilga, test o‘tkazilishi sanasidan keyin uch hafta ichida yuboriladi.

Batafil ma’lumot olish uchun IELTS Information for Candidates booklet ga qarang.

“IELTS Scores Explained DVD” (IELTS ballari nimani bildiradi) IELTS ballari aynan nima bildirishi haqida ma’lumot berish uchun ishlab chiqilgan. Jumladan, ular akademik ta’lim kursiga o‘qishga kirish, hamda ishga joylashish va migratsiya maqsadida ingliz tilini bilishning darajasini tegishli standartlarga asosan kasbiy aniqlash bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tashkilotlar uchun mo‘ljallangan.

DVD dagi majmuiy ma’lumot ham kompьyuterda, ham televizorda ulangan moslama (DVD-pleyer va hokazo) yordamida foydalanish uchun ishlab chiqilgan.

Avstraliya Dollarlarida to‘lov bilan buyurtirish

Britaniya Funtlarida to‘lov bilan buyurtirish

Windows uchun minimal dasturiy talablar

  • Windows 2000/XPili Vista.
  • Protsessor Pentium 350Mhz yoki undan yuqori
  • 128MB RAM yoki undan yuqori
  • DVD-diskovod va ovoz eshittirish imkoniyati

AppleMac uchun minimal dasturiy talablar

  • Mac OS OSX v10.5
  • Protsessor Power PC 400Mhz G3 yoki undan yuqori
  • 128MB RAM yoki undan yuqori
  • DVD-diskovod va ovoz eshittirish imkoniyati

Majburiy shakllar
Ariza berish uchun quyidagi shakllar talab etiladi:

Qo‘shimcha shakllar
Quyidagi shakllar majburiy bo‘lmaydi, lekin ba’zi hollarda talab qilinishi mumkin. Iltimos, qo‘shimcha ma’lumot olish uchun tegishli sahifalarga qarang.

Scroll to Top